Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 9-band. JPK 497¹⁰ , 504¹-moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan…

JPK 497¹⁰ , 504¹-moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli. Bunday holatda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunda, agar shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisi boshlangunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, u shikoyat (protest) nusxasi, shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda saqlangan holda shikoyat (protest) bergan shaxsga xat orqali qaytariladi, boshqa hollarda esa, sud, qaytarib olingan shikoyat (protest) boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi mazkur shaxs tomonidan qayta kassatsiya shikoyati (protesti) berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.