Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, barcha protsessual harakatlarni izchil…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, barcha protsessual harakatlarni izchil bajarmasdan va sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarni aniqlamasdan turib, sud tergovini JPK 52-bobi talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish uchun sharoit yaratib boʻlmaydi. Sud muhokamasining ushbu qismida raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsi bilan bogʻliq (JPK 434-moddasi ) barcha masalalarni sinchkovlik bilan aniqlashi lozim. Sud majlisining tayyorgarlik qismida raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi shaxsiga oid maʼlumotlarning aniqlanishi sudni sud tergovi davomida jazo chorasini va jazoni ijro etish muassasasi turini belgilashga oid masalalarni hal qilish uchun ahamiyatli boʻlgan sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarni (JPK 82-moddasi ) sinchkovlik bilan oʻrganish majburiyatidan ozod etmaydi.