Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Sudlarning eʼtibori ish boʻyicha haqiqatni aniqlashda ashyoviy dalillar, hujjatlarni…

Sudlarning eʼtibori ish boʻyicha haqiqatni aniqlashda ashyoviy dalillar, hujjatlarni tekshirish, joy va binoni koʻzdan kechirish muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin. Ashyoviy dalillar va hujjatlar sud majlisida ish boʻyicha boshqa dalillar bilan teng ravishda sinchkovlik bilan tekshirilishi (tegishlicha koʻzdan kechirilishi, oʻqib eshittirilishi) lozim boʻlib, ayni paytda ular taqdim etilgan shaxslar ularni tekshirish bilan bogʻliq u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishlari mumkin. Sudning ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish va hujjatlarni oʻqib eshittirish boʻyicha barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.