JPK 449-moddasiga muvofiq, taraflar muzokarasi davlat va jamoat ayblovchisi nutqi bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi. Sudlarga tushuntirilsinki, muzokaralar tugagandan soʻng taraflar JPK 457-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan oʻzlari taklif etgan qaror mazmunini sudga yozma tarzda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi muzokaralar tugagandan soʻng sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar sudga oʻzlarining yozma taklifini berishga majbur.