Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. JPK 410-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi…

JPK 410-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlib, sudga kelishdan boʻyin tovlasa, uning yoʻqligi esa ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmasa, sud ishni sudlanuvchi ishtirokisiz koʻrishga haqli. Sud majlisini sudlanuvchi ishtirokisiz oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda, sudya JPK 388-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sudlanuvchining himoyachisiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi nusxasi topshirilgan-topshirilmaganligini tekshirishi lozim.