Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. JPK 414-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish faqat…

JPK 414-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish faqat ish boʻyicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarga nisbatan va eʼlon qilingan ayb doirasida amalga oshiriladi. Sudlanuvchiga yoki ishga ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb etilgan yangi shaxslarga nisbatan yangi, ogʻirroq yoki haqiqiy holatga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov boʻyicha ish faqat JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan shartlar va tartibga rioya etgan holda muhokama qilinishi mumkin.