Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv JPK 405⁶-moddasida belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim. Dastlabki eshituv sudya tomonidan dastlabki eshituv tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi va uning davomiyligi oʻn sutkadan oshmasligi kerak. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dastlabki eshituv oʻtkazish muddatlarini uzaytirish qonunda nazarda tutilmagan.