Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 405¹¹-moddasining birinchi qismiga muvofiq, dastlabki…

Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 405¹¹-moddasining birinchi qismiga muvofiq, dastlabki eshituv vaqtida ayblanuvchi, himoyachi, davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli. Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil; dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun JPKda nazarda tutilgan asoslar. Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi, u kim tomonidan kiritilganligidan qatʼiy nazar, ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi. Agar dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma JPK 405¹¹-moddasining toʻrtinchi qismi talablariga javob bermasa, sudya uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va ish boʻyicha sud muhokamasi tayinlaydi. Bunda sudya arz qiluvchiga shunday iltimosnoma bilan sud muhokamasi davomida sudga qayta murojaat qilish huquqi borligini tushuntiradi.