Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, mazkur dalil yuridik…

Sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek, sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas. Ayni paytda ishni mazmunan koʻrish davomida taraflar ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.