Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga koʻra, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayyorlash chogʻida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki JPK 401¹-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishni dastlabki tergovda yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.