Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash chogʻida sudya ish boʻyicha arz qilingan…

Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash chogʻida sudya ish boʻyicha arz qilingan iltimosnomalar bor-yoʻqligini aniqlashi lozim. Bunda faqat asoslangan, tekshirishni talab etmaydigan (masalan, ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, sudga qoʻshimcha guvohlarni chaqirish toʻgʻrisidagi, hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisidagi, xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi va hokazo) iltimosnomalar qanoatlantirilishi mumkin. Sudyaning har bir arz qilingan iltimosnoma boʻyicha qarori ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda aks ettiriladi.