Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Ishni sud majlisida koʻrib chiqish uchun asos yetarliligi toʻgʻrisidagi masalani JPK…

Ishni sud majlisida koʻrib chiqish uchun asos yetarliligi toʻgʻrisidagi masalani JPK 396-moddasining 2-bandiga muvofiq, hal qilish chogʻida, sudya JPK 82-moddasida nazarda tutilgan talablardan kelib chiqishi lozim. Ularga koʻra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ish boʻyicha quyidagilar aniqlangan boʻlishi kerak: jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlar; qilmish va kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish; jinoyat ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi; jinoyat sabablari va maqsadlari; ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu talablardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻladi.