Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. JPK 396-moddasining 5-bandi va 398-moddasiga muvofiq, sudya jinoyat oqibatida yetkazilgan…

JPK 396-moddasining 5-bandi va 398-moddasiga muvofiq, sudya jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishga haqli. Jinoyat ishi materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchida xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari, qimmatliklar yoki boshqa mol-mulk mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻqligi daʼvoni taʼminlash choralari bevosita sud tomonidan qoʻllanilishi imkoniyatini istisno etsa, sudya ajrim bilan zarur choralar koʻrish majburiyatini surishtiruvchi yoki tergovchiga yuklaydi. Bunday hollarda sudning ajrimini ijro etish muddati, JPK 405-moddasining birinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, oʻn sutkadan oshmasligi lozim.