Sud, ishni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrishda, Jinoyat-protsessual kodeksining 482-moddasi talablariga koʻra, shikoyat yoki protestda bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkum (oqlangan shaxs)larga, shu jumladan, shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirilmaganlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshirishga majbur. Bunda, quyi bosqich sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan moddiy va protsessual qonun buzilishlari, bu haqda shikoyat yoki protestda koʻrsatilgan-koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, bartaraf qilinishi shart.