Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 11-band. Agar, birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va…

Agar, birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qonun buzilishlarini bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir. Jinoyat-protsessual kodeksining 490-moddasining 2-qismida nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrib, apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini bekor qilish, shuningdek, agar keyin sud qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qilish va ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga yuborishi belgilangan. Mazkur qoida nazorat instansiyasi sudining mahkum (oqlangan shaxs)ning ahvolini ogʻirlashtirmaydigan holatlarda sud ajrimi va qarorlarini oʻzgartirish vakolatini (Jinoyat-protsessual kodeksining 521-moddasi ) istisno etmaydi.