Yuqori bosqich sudi, zarurat tugʻilganda, Jinoyat-protsessual kodeksining 541 , 542-moddalarida koʻrsatilgan tartibda, hukm, ajrim va qarorning mohiyatiga daxl qilmaydigan va mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmaydigan holatda sud qarorlaridagi shubha va noaniqliklarni bartaraf qiladi. Shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlaridagi amnistiya aktini tatbiq etishga oid noaniqliklar Jinoyat-protsessual kodeksining 541-moddasi asosida hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal etish tartibida qoʻshimcha ajrim yoki qaror chiqarish yoʻli bilan ham hal qilinishi mumkin boʻlib, bunda protest bildirilishi talab etilmaydi.