Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 23-band. Agar, mahkumning bir necha epizoddan iborat jinoiy qilmishlari bir xilda kvalifikatsiya…

Agar, mahkumning bir necha epizoddan iborat jinoiy qilmishlari bir xilda kvalifikatsiya qilingan boʻlib, ishni kassatsiya va nazorat bosqichida koʻrishda eʼlon qilingan ayb epizodlaridan biri yoki bir nechtasi oʻzining tasdigʻini topmasa (masalan, shaxsni bir necha marta pora olganlikda aybdor deb topish) va bu holat qoʻshimcha tekshirishni talab qilmasa, sud ushbu epizodlarni sudlanuvchining aybidan chiqarib, ishning shu qismini tugatishi mumkin. Agar, mahkum bir necha jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va ularning har biri qonunning tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilingan boʻlib, alohida koʻrilishi mumkin boʻlsa, yuqori bosqich sudi hukmni bir yoki bir necha jinoyatlar qismi boʻyicha bekor qilib, ishni yangidan koʻrish yoki qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun yuborishga va hukmning boshqa qismini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.