Ish kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgandan soʻng kelib tushgan shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish va u boʻyicha ajrim chiqarish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 508-moddasi asosida hal qilinadi. Bunday hollarda keyingi ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest bildirish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga yuboriladi. Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat yoki xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.