Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar…

Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berish rad etilganligi sabablari va asoslari shikoyat vajlarini rad etuvchi hamda hukm yoki boshqa sud qarori qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi aniq dalillar va xulosalar bayon etilgan holda koʻrsatilishi lozim. Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimi shikoyat bergan shaxsga yuboriladi va u ajrim ustidan Oliy sud raisi yoki uning oʻrinbosariga shikoyat berishga haqli.