Nazorat instansiyasi sudi, agar chiqarilgan sud qarori moddiy va protsessual qonun talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi. Sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirganda nazorat instansiyasi sudi quyidagilarga haqli: JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda — hukmning ijrosini kechiktirishga; amnistiya aktini qoʻllashga.