Nazorat tartibidagi shikoyat, protest (bundan buyon matnda shikoyat (protest) deb yuritiladi) quyidagi tartibda beriladi: Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga — apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlari ustidan; Oliy sud Rayosatiga — Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar ustidan.