Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Nazorat instansiyasiga kelib tushgan dastlabki shikoyat Oliy sud sudyasi tomonidan…

Nazorat instansiyasiga kelib tushgan dastlabki shikoyat Oliy sud sudyasi tomonidan shikoyatga ilova etilgan materiallar, zarurat boʻlganda esa, jinoyat ishini talab qilib olgan holda oʻrganib chiqiladi. Oliy sud sudyasi shikoyatni oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida; shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berish toʻgʻrisida. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi.