Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, davlatning mulkiy huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash asoslari va tartibiga oid qonunchilikka aniq va ogʻishmay rioya etishlari zarurligiga qaratilsin.