Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash haqidagi daʼvolarni hal etishda, sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.