Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda saqlash deganda, shaxsning bunday moddalarga qonunga zid ravishda egalik qilish bilan bogʻliq qasddan sodir etilgan harakatlari (yonida, binoda, maxfiy joy va boshqa joylarda saqlashi) tushunilishi lozim. Bunda shaxs kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qancha vaqt davomida qonunga xilof ravishda saqlaganligi ahamiyat kasb etmaydi.