Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Sudlar nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga

Sudlar nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga: guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; dalillarni joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar kiradi. Sudlarning eʼtibori sud chiqimlarini toʻlashdan ozod etish qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin. MSIYUtK 113-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra undirilishi lozimligiga sudlarning alohida eʼtibori qaratilsin.