Maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 12-bobi , “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.