Ariza bir necha shaxs tomonidan birgalikda taqdim etilganda, davlat boji mazkur turdagi talab uchun belgilangan miqdordan oshmasligi lozim. Birlashtirilgan bir yoki bir necha talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonun hujjatlari talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi, bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.