Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 12-band. Arizachi ariza (shikoyat) bilan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi…

Arizachi ariza (shikoyat) bilan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. Yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga dastlab murojaat qilmaslik, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, qonun hujjatlarida ayrim qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan majburiy ravishda sudgacha nizolashish tartibi nazarda tutilishi mumkin.