Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 15-band. Arizaga (shikoyatga) MSIYUtK 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek…

Arizaga (shikoyatga) MSIYUtK 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek, nizolashilayotgan qaror nusxasi ilova qilinadi. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MSIYUtK 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq, arizaga qarorni ilova qilmaslik arizani qaytarishga asos boʻlmaydi. Sud nizolashilayotgan qarorni arizachining iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan maʼmuriy organdan talab qilib olishga haqli.