Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 2-band. Maʼmuriy organlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi…

Maʼmuriy organlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan respublika davlat boshqaruvi organlari (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, maʼmuriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa organlar, tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi.