Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 23-band. Ariza (shikoyat) qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar…

Ariza (shikoyat) qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi lozim: nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan yoki harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi; qaror toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi va zarur hollarda, arizachining huquqlari va erkinliklarini toʻliq hajmda tiklash yoki ularni amalga oshirishdagi toʻsqinliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrilishi; harakat (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilganligi va maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxsga arizachiga nisbatan aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilishi. Hal qiluv qarorida sud ishning xususiyati va amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni inobatga olgan holda arizachining huquqlari va erkinliklari buzilishini toʻliq hajmda bartaraf etish uchun tegishli muddat belgilashi lozim (MSIYUtK 189-moddasining beshinchi qismi ).