Qaror deganda, maʼmuriy organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yakka yoki kollegial tarzda qabul qilingan va muayyan huquqiy oqibat tugʻdiruvchi hujjat tushuniladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qarorlar belgilangan shaklda (masalan, joylardagi ijro hokimiyati organlari qarorlari) yoki erkin tarzda (masalan, fuqaroning murojaatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabar) qabul qilinishi mumkin.