Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 335-moddasiga muvofiq, ish beruvchining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga maʼnaviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan moddiy zarardan qatʼiy nazar, sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi talabidan kelib chiqib belgilanadi. Baxtsiz hodisa maʼnaviy zararni qoplash nazarda tutilgan qonun amalga kiritilgandan keyin sodir boʻlgan boʻlsa, bunday holda jabrlanuvchiga yetkazilgan maʼnaviy zarar qoplanadi. Chunki, bu qonun amalga kiritilgunga qadar sogʻligʻiga shikast yetkazilishi yoki boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun qonunda bunday mulkiy javobgarlik turi belgilanmagan.