JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat u nafaqat bir necha shaxs tomonidan bitta jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan hollarda, balki aybdor shaxslar hamjihatlikda bir necha jabrlanuvchiga nisbatan harakat qilib va zoʻrlik yoki tahdid qoʻllab, soʻngra jabrlanuvchilardan har biri yoki hech boʻlmaganda biri bilan zoʻrlab jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojlarini gʻayritabiiy usulda qondirganda ham guruh shaxslar (oldindan til biriktirgan guruh shaxslar) tomonidan sodir etilgan deb topilishi lozim. Jinoyat ishtirokchilaridan biri qonunga koʻra jinoyat subyekti boʻlmagan hollarda ham (JK 17 , 18-moddalari ) ikkinchi ishtirokchining harakatlari guruh tarkibida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan, nafaqat bevosita nomusga tekkan yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirgan shaxslarning harakatlari, balki jabrlanuvchiga nisbatan zoʻrlik yoki tahdid qoʻllash orqali ularga koʻmaklashgan shaxslarning harakatlari ham kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda qayd etilgan jinoyat tarkiblari obyektiv tomonida nazarda tutilgan harakatlarni shaxsan sodir etmagan, biroq zoʻrlik yoki tahdid qoʻllash orqali boshqa shaxslarga jinoyat sodir etishda koʻmaklashgan shaxslarning harakatlari guruh boʻlib nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatining sherik ijrochisi sifatida JK 28-moddasiga havola qilinmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim. Jabrlanuvchi bilan bevosita jinsiy aloqa qilmagan yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish harakatlarini sodir etmagan va boshqa shaxslar tomonidan bunday harakatlar sodir etilganda jabrlanuvchiga nisbatan zoʻrlik yoki tahdid qoʻllamagan, biroq jinoyatni sodir etishda aybdorga faqat maslahatlari, koʻrsatmalari, maʼlumotlar berishi va h.k. lar bilan koʻmaklashgan shaxsning harakatlari yordamchi sifatida JK 28-moddasi beshinchi qismiga havola qilingan holda kvalifika