Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zoʻrlik, tahdid barcha hollarda jinsiy aloqa…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zoʻrlik, tahdid barcha hollarda jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishdan oldin sodir etilgan boʻlishi kerak va nafaqat jabrlanuvchiga, balki uning yaqin qarindoshlariga hamda jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan masʼuliyat mavjud shaxslarga nisbatan (masalan, oʻqituvchi — oʻquvchilarga, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga va h.k.larga nisbatan) ham qoʻllanilgan boʻlishi mumkin. Ayni paytda, agar oʻldirish, zoʻrlik ishlatish yoki mol-mulkni yoqib yuborish, portlatish yoki boshqa atrofdagilar uchun xavfli usulda nobud qilish bilan tahdid etish nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati sodir etilgandan keyin, masalan, jabrlanuvchini qoʻrqitish va voqea oshkora boʻlishining oldini olish maqsadida bildirilgan boʻlib, bunday tahdid amalga oshirilishidan xavfsirashga doir yetarli asoslar mavjud boʻlsa, qilmish Jinoyat kodeksining qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari va JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.