Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u…

Ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u oʻzining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy nuqsoni, ruhiyati buzilganligi, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan (kichik yoshdagi bolalar) yoki keksaligi, qattiq ogʻriq yoki behushlik holati, alkogol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar taʼsirida oʻta mastlik holati)ga koʻra oʻzini oʻzi himoya qilish, aybdorga faol qarshilik koʻrsatish yoki oʻziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini tushunish yoki oʻz harakatlarini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan boʻlishi shart (oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan holatlar bundan mustasno). Ojiz ahvol sifatida, jumladan alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar taʼsirida kelib chiqqan shunday darajadagi mastlik holati tan olinishi mumkinki, bunda jabrlanuvchi atrof-vaziyatni anglay olmagan va bu holat uni aybdorga qarshilik koʻrsatish imkoniyatidan mahrum qilgan boʻladi. Ish boʻyicha jabrlanuvchi bunday holatga aybdor tomonidan tushirilganligi (masalan, spirtli ichimliklar ichirgan, narkotik, uyqudori bergan va h.k.) yoki aybdorning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tarzda ojiz ahvolda boʻlganligi ahamiyat kasb etmaydi. Jabrlanuvchini ojiz ahvolga solish uchun aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop, kuchli taʼsir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar qoʻllanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda, ularning xususiyati va inson organizmiga taʼsiri darajasi ekspertiza tayinlash, mutaxassislarni soʻroq qilish yoʻli bilan aniqlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga koʻra, aybdor tomonidan tayyorlanishi, qayta ishlanishi, olinishi, saqlanishi, tashilishi, joʻnatilishi yoki oʻtkazilishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan vositalar yoki moddalardan foydalanilganligi ani