Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari boʻlib, ularni taʼminlash Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Qonunda odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi shaxs erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.