Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi bilan aybdorga moddiy yoki…

Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi bilan aybdorga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi bilan bogʻliq harakatlar kvalifikatsiya qilinadi. Moddiy qaramlik, jumladan, jabrlanuvchi aybdorning toʻliq yoki qisman qaramogʻida boʻlganligani, qarzdorning kreditorga muteligini va h.k.ni anglatadi. Boshqa jihatdan qaramlik deganda, jabrlanuvchining aybdorga har qanday nomoddiy qaramligini (masalan, oilaviy munosabatlar, tobe shaxsning rahbariga, oʻquvchining oʻqituvchiga qaramligini) tushunish zarur.