davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, har kim…

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibi quyidagilar bilan tartibga solinadi: 2023-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi); Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5156-sonli Farmoni ; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-sonli qarorining 1-ilovasi ); Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibi” (bundan buyon matnda xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi deb yuritiladi); boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan.