davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston…

Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishga doir ishlarni koʻrish vaqtida sudlar, ehtiyotsizlik oqibatida Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarning noqonuniy sudlanishi hollarini istisno etish maqsadida, aybdorning harakatlari xususiyatini sinchkovlik bilan aniqlashlari zarur. Ish boʻyicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak. Mazkur toifaga doir har bir ish boʻyicha aybdor shaxsga nisbatan adolatli, qilmishga mutanosib jazo belgilash maqsadida sudlar, shuningdek jinoyatning sodir etilishi motivini, moddiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashlari lozim.