davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston…

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishga doir ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan moddiy va protsessual qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.