davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Sudlarga tushuntirilsinki, JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik…

Sudlarga tushuntirilsinki, JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik shaxs chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish yuzasidan belgilangan tartibni faqat qasddan buzgan hollardagina kelib chiqadi. Shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibining ehtiyotsizlik oqibatida (masalan, oriyentirni yoʻqotish oqibatida), noilojlikdan (masalan, tabiiy ofat yoki texnogen xususiyatga ega hodisa, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan tahdid etish oqibatida) yoki shaxsning erkiga bogʻliq boʻlmagan hollarda (masalan, uning ojiz ahvoldaligidan foydalangan holda) buzilishi mazkur jinoyat tarkibini tashkil etmaydi. Siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar.