davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Normativ-huquqiy hujjatlarda (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil…

Normativ-huquqiy hujjatlarda (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-2142-sonli qarori ) muayyan toifadagi shaxslarning (harbiy xizmatchilar, davlat siri boʻlgan maʼlumotlardan xabardor shaxslar va h.k.larning) chet elga chiqishi uchun xorijiy davlat bilan vizasiz rejim mavjudligidan qatʼiy nazar, boshqacha tartib belgilanishi mumkin. Binobarin, mazkur toifadagi shaxslarning viza rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlarga maxsus ruxsatsiz chiqishi ularning JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.