Sudlarga tushuntirilsinki, JK 223-moddasi boʻyicha javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati oʻtgan xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Oʻzbekiston Respublikasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirgan hollarda kelib chiqadi. Shu bilan birga, fuqarolar kirish chiqish Tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlat hududida boʻlishi muddati chegarasi belgilanmaganligi sababli, ularning xorijiy davlat hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq boʻlishlari maʼmuriy (MJTK 226-moddasi ) yoki jinoiy (JK 223-moddasi ) javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi.