“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida 7-band. Shartnomada majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan yoki muddat talab qilib olish…

Shartnomada majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan yoki muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa, u holda FK 242-moddasiga muvofiq, majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.