Jinoyat kodeksining 164-modda 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan bosqinchilik yoʻli bilan mulkka egalik qilishning belgilaridan biri qurol yoki qurol sifatida ishlatiladigan boshqa narsalarni qoʻllash hisoblanadi. Sudlar qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan ashyolarni jinoyat quroli deb topishda Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilishlari lozim. Bila turib yaroqsiz quroldan yoki yolgʻondakam quroldan (masalan, toʻpponcha yoki start toʻpponchasi maketlaridan) badanga shikast yetkazishni niyat qilmagan holda foydalanilganda, hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmaganda qurolli bosqinchilik sifatida baholash mumkin emas. Bosqinchilik jarayonida aybdor tomonidan ruxsatnoma talab qilinadigan oʻq otar qurol ishlatilganda hamda qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni (portlovchi, zaharli moddalarni va h.k.) ishlatib bosqinchilik sodir etilganda uning harakatlarini ushbu jinoyatlar majmui bilan tavsiflash lozim.