Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Gʻayriqonuniy kirish deganda oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik qilish maqsadida…

Gʻayriqonuniy kirish deganda oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik qilish maqsadida uy-joyga, omborxona yoki boshqa binoga kirish tushuniladi. Gʻayriqonuniy kirish nafaqat yashirin, balki ochiqdan-ochiq, toʻsiqlarni, odamlarning, shuningdek, qoʻriqlovchi xodimlarning qarshiligini yengib sodir etilishi mumkin. Aldash yoʻli bilan, shuningdek, qalbaki ruxsatnomalardan foydalanib, masalan, santexnik, aloqa boʻlimi xodimi, gaz, elektr energiya va yongʻindan nazorat qiluvchi xodimlar va boshqalar tariqasida binoda paydo boʻlishi gʻayriqonuniy kirish deb baholash kerak. Gʻayriqonuniy kirish birdan-bir maqsad boʻlib qolmasdan, aybdor oʻgʻrilab ketmoqchi boʻlgan boyliklar saqlanayotgan joyga kirib borishning uslubi hisoblanadi. Shu sababli uy-joydan, binodan yoki boshqa omborxonadan oʻzganing mulkini talon-toroj qilish niyati gʻayriqonuniy kirishdan oldin yuzaga keladi. Agar aybdor xonaga boshqa sabablar bilan kirgan boʻlib, moddiy boyliklarni yashirin yoki ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadi keyin paydo boʻlsa va bu niyatini u amalga oshirsa, qilmishda talon-torojning tushuntirilayotgan tavsiflash belgisi mavjud boʻlmaydi. Uy-joy deganda kishilarning doimiy yoki vaqtinchalik turishiga moʻljallangan (shaxsiy uy, xonadan, mehmonxonadagi, sanatoriyadagi xona, dala hovli, bogʻ hovli va boshqalar) bino, shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi dam olish uchun, mulkni saqlash uchun yoxud insonning boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun (balkonlar, oynaband ayvonlar, omborlar va boshqalar) tushuniladi. Omborxona deganda, tovar-moddiy boyliklarni doimiy yoki vaqtincha boʻlsada saqlash, tashish, talon-toroj qilishdan, tabiiy ofatlardan, aynishdan va yoʻq boʻlib ketishdan asrash uchun maxsus jihozlangan, moslashtirilgan alohida qurilma yoki joy tushuniladi. Maxsus moslamalar (ilgaklar, qarmoqlar, magnitlar, soʻrib oluvchi rezinka ichaklar, qisqichlar va hokazo)dan foydalanib oʻzganing mulkini egallash tushuntirilayotgan uy-joy, omborxona va boshqa xonaga kirib qilingan talon-torojni