Tamagirlik — mansabdor shaxs tomonidan fuqaroning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan xizmatiga doir harakatlarni sodir etish tahdidi ostida pora talab qilish yoki fuqaroni uning qonuniy manfaatlariga zarar keltiradigan oqibatlarning oldini olish uchun pora berishga majbur etadigan sharoitga qasddan tushirish demakdir. Shuning uchun mansabdor shaxs tomonidan masalan, kamomadni koʻrsatmaslik, oʻquv yurtlariga tartib-qoidalarni buzgan holda qabul qilish, jinoyat ishini noqonuniy tugatish va boshqa hollarda pora talab qilish harakatlarida tovlamachilik alomatlari mavjud boʻlmaydi.