Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Sud mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaati uchun qaysi harakatlarni…

Sud mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaati uchun qaysi harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik evaziga pora olinganligini aniqlashi va hukmda koʻrsatishi lozim. Bu oʻrinda poraxoʻrlik uchun javobgarlik, pora harakat sodir qilingandan oldin yoki keyin berilishiga bogʻliq boʻlmasdan, pora oldindan kelishilganligi, pora oluvchining manfaati uchun biron-bir harakat bajarilgan boʻlishidan qatʼi nazar kelib chiqishini nazarda tutish lozim. Mansabdor shaxsning oʻz qoʻli yoki nazorati ostidagi shaxslardan ularni xizmat yuzasidan himoyalash yoki qullab turish, vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni ushbu shaxslar manfaatlarini koʻzlagan holda hal qilganligi uchun ulardan pul mablagʻlari yoki boshqacha boyliklar olishini pora olish deb baholash lozim. Boyliklar yoki xizmatlarni olish shartlari oldindan maxsus kelishilmagan boʻlsada, lekin jinoyat ishtirokchilari pora, pora beruvchining manfaatlarini koʻzlab berilayotganligini anglagan hollarda ham mansabdor shaxslarning harakatlari pora berish va olish deb tan olinishi kerak.